interyer & eksteryer dizayn kompaniyasi
uz
ish vaqti: 10:00 - 20:00
mades
Mades - bu interyer & eksteryer dizayn kompaniyasi
interyer & eksteryer dizayn kompaniyasi
uz
ish vaqti: 10:00 - 18:00
Batafsil ma’lumot olish uchun ro’yxatdan o’ting
Kompaniyamiz haqida
MADES — bu interyer, eksteryer va landshaft dizayn sohasida 5 yildan buyon ishonchli faoliyat yuritib kelayotgan tajribali jamoa. Kompaniyamiz turar va noturarjoy binolarining ichki hamda tashqi ko‘rinishini zamonaviy va funksional yechimlar bilan boyitadi. Biz 600 dan ortiq loyihalarni muvaffaqiyatli yakunlaganmiz, ularning har biri mijoz ehtiyojlari va orzulariga mos individual yondashuv bilan amalga oshirilgan. MADES jamoasida 12 nafar oliy ma’lumotli, arxitektura sohasi bo‘yicha mutaxassislar ishlaydi. Har bir loyiha mualliflik (avtorlik) nazorati asosida olib boriladi — bu esa sifat va aniqlik kafolatidir. Biz nafaqat dizayn yaratamiz, balki uni to‘liq hayotga tatbiq etamiz. Tayyorlagan dizaynlarimizni, barcha bosqichlardan o‘tgan, foydalanishga tayyor bino holatida mijozga taqdim etamiz — dizayndan tortib, qurilish va yakuniy bezak ishlarigacha barchasi o‘z nazoratimiz ostida amalga oshiriladi.
/ Jamoa
500+ /
500+ muvaffaqiyatli topshirilgan loyihalar
11+ yillik tajribaga ega xodimlar
11+ /
15 /
15 ta professional xodimlardan iborat jamoa
Mustafayeva Madina Shaxriyorovna — MADES kompaniyasining asoschisi, 2013 - 2017-yili Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti arxitektura fakulteti dizayn yo‘nalishida arxitektura muhitlar dizayneri mutaxassisligini yakunlagan. Talabalik davrining ikkinchi bosqich paytidan 2015-yildan buyon arxitektura kompaniyasida 5 yil davomida binolarning fasad yechimlari bo‘yicha faoliyat olib borgan. 2020 - 2022 - yili Toshkent Arxitektura-Qurilish instituti arxitektura fakulteti dizayn yo‘nalishida magistraturada ta’lim olgan. Hamda arxitektura muhitlar dizayneri oliy toifali diplomiga ega bo‘lgan. Ikkinchi bosqich magistraturada o‘qish davomida 2022 - yildan 2025- yilgacha Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti dizayn yo‘nalishidagi talabalariga kompyuter grafikasi, loyihalash asoslari, rangshunoslik hamda interyer dizayni fanlaridan dars bergan. Shu bilan birga 2022-2024 yillarda Koreyaning O‘zbekistondagi Ajou Universitetida arxitektura va civil (injenerlik) yo‘nalishidagi talabalarga kompyuterda loyihalashdan dars bergan, parallel ravishda Lets Animate o‘quv markazida talabalarga dars bergan Shu qatorda xalqaro dizaynerlar va rassomlar uchun uyushtiriladigan badiiy akademiyada xalqaro ko‘rgazmalarda faol ishtiroki uchun badiiy akademiya a’zosi sifatida nomzodlik olgan. Ayni damda PHD, Doktorantura unvoni uchun ilmiy ish qilmoqda. Mades studiyasini tashkil etib, hozirgi kompaniya darajasiga olib kelgunga qadar bo‘lgan yo‘lda ishdagi sifat, mijozlarning roziligi, xodimlarning ahilligi kabi qadriyatlarni oldinga surib kelmoqda. Rahbar sifatida har bitta loyiha yuqori darajada aniqlik bilan qilinishini ta’minlaydi. Mades kompaniyasi nafaqat turar-joy dizayn va realizatsiyasi balki noturar joylarni dizaynini amalga oshirish bilan ham shug‘ullanadi. Mades kompaniyasi statistikasiga binoan bir yilda 150 dan ortiq loyihalar buyurtmaga olinib dizayn va realizatsiyasi amalga oshiriladi. Buyurtmalar nafaqat O‘zbekiston, balki qo‘shni MDH davlatlaridan ham olinadi. Ayni damda Mades kompaniyasi O‘zbekistondagi Arxitektura va dizayn yo‘nalishida eng kreativ faoliyat olib boradigan korxonalarning top 5 taligiga, sifat va innovatsion yechimlarni uyg‘unlashtirish bo‘yicha top 3 talikka kirishi haqida statistik ma’lumotlar mavjud. Mades o‘zining barcha viloyatlarda filiallarini ochib, kengaygan holda xalqqa yana ham yaqin bo‘lish strategiyasini tuzmoqda.
5 /
Kompaniya asoschisi
arxitetura bo’yicha 5 yillik pedogogik tajriba
600 dan ziyod muvaffaqiyatli loyihalar
600 /
11 /
11 yillik ish tajribasiga ega
/ Madina Mustafayeva
Nega aynan MADES ?
Aynan siz xohlayotgan dizayn konsepsiyasini ishlab chiqamiz va reallikka aylantiramiz
Individual dizayn
/03
/02
Tezlik
Loyihalarimiz o’z vaqtida va sifatli tarzda topshirilishini kafolatlaymiz
Har bir loyihamizni davlat va qurilish standartlariga muvofiq bo’lishini kafolatlaymiz.
Rasmiy kafolat
/01
Bizga ishonch bildirgan brendlar
Mijozlarimizning biz haqimizdagi fikrlari
Loyihangizni birgalikda muhokama qilamiz
Pastdagi formani to’ldiring xodimlarimiz sizga aloqaga chiqishadi va batafsil ma’lumot berishadi
O‘zbekiston shoh ko‘chasi, 49a, Nest One binosi, 1-qavat
Mades 2022-2025